TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALAR KENGASHI TASHKIL ETILADI

Talabalar diqqatiga!

Talaba-yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakillantirish, ularning ijtimoiy yetukligi, mustaqilligi va  qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikma va malakalarini shakillantirish, universitetdagi talaba yoshlarning ta’lim tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishishiga munosib xissa qo‘shish maqsadida Universietetda Talabalar Kengashi tashkil etiladi

Talabalar kengashi Universitet Talabalar Kengashi raisi, Talabalar Kengashi raisining o‘rinbosari va Talabalar Kengashi raisining mas’ul kotibidan hamda 15 nafar a’zodan tashkil topiladi. Shuningdek har bir Fakultet Talabalari Kengashi (11 nafar) va TTJ Talabalar Kengashi (9 nafar) ham faoliyat olib boradi.

Kengash faoliyati talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishi, universitet faoliyatining talabalarga tegishli bo‘lgan eng muhim masalalarini muhokama qilishi va hal qilishda ishtirok etishi, ijtimoiy himoya huquqlarini amalga oshirishini ta’minlaydi. Talabalarning faolligini, ijtimoiy tashbbuskorligini qo‘llab-quvvatlaydi va amalga oshiradi.

Batafsil “Talabalar Kengashi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi NIZOMda tanishishingiz mumkin.

Hurmatli talabalar universitet faoliyatiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 39

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil