DIQQAT EʼLON!

2023/2024-o‘quv yilida TTJga hamda ijara xonadonlariga ehtiyoji bo'lgan Temiz davlat universitetida tahsil olayotgan yuqori kurs (2,3,4-kurslar) talabalaridan talabalar turar joyiga va ijara xonadonlariga joylashish bo'yicha onlayn arizalar olish boshlanmoqda. Onlayn arizalar joriy yilning 19-30-iyul kunlari qabul qilinib, bu faqat KUNDUZGI TA'LIM shaklida tahsil olayotgan talabalarga amal qiladi.

Yuqori kurs talabalarini TTJga va ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);

Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);

I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar hisobga olinadi); 

Xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan (chet el fuqarosi) talabalar.

Ko‘rsatib o‘tilgan mazkur mezonlar asosida yuqori kurs talabalari TTJga va ijar xonadonlariga joylashishlari uchun
http://ttj.tersu.uz manziliga online ariza yuborib, ro'yxatdan o'tishlari kerak. 

ESLATMA: Yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar asosida TTJga va ijara xonadonlariga joylashish ishlari kechki, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarga TATBIQ ETILMAYDI.

IZOH: TTJdan joy olishga ulgurmagan talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish choralari ko‘riladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 41

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil