Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish 15-iyuldan boshlanadi

2023-yil 4-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda. 

Hujjatlar joriy yil 15-iyuldan 15-avgustga qadar Yagona elektron tizimi (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga talabgorlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Maʼlumot uchun, hujjatlar taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Bunda yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari kiritilishi lozim.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 41

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil