2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin (1-rasm).

Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega (2 va 3-rasm).

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10-iyul kuni yakunlanadi.

ESLATMA: mazkur muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin. Hujjat qabul qilish yakunlangandan keyin yo’nalishni o’zgartirib yoki biror ma’lumot qo’shib bo’lmaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 42

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 37

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil