2023/2024-oʻquv yili bakalavriat talabalari uchun yana bir imkoniyat!

Siz bilim va iste’dodingizni namoyish etishni xohlaysizmi?

Unda "UNIVERSITET STIPENDIYASI" aynan siz kabi harakatchan va iqtidorli yigit-qizlar uchun!

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so’raladi:

1. Maʼlumotnoma (obyektivka);
2. Kafedra va fakultet tavsiyanomasi (Tavsiyanomada talabaning oʻzlashtirishi, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining bajarilishi va boshqa faoliyatlari haqida maʼlumot beriladi. Tavsiyanoma dekan va kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlanadi)
3. Talabaning elektron baholash daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan)
4. Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
5. Tanlovlar sovrindorligi haqida sertifikatlar; 
6. Talabaga ilmiy rahbari tomonidan berilgan taqriz (Taqrizda ilmiy rahbar iqtidorli talabaning ilmiy faoliyatini toʻliq tahlil qilib bayon etishi lozim) 
7. Xorijiy til sertifikati (mavjud bo‘lsa)

Hujjatlar 2023-yil 5-iyulgacha qabul qilinadi. 

Manzil: Karyera markazi

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 42

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 37

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil