“Amaliy san'at ustasi" ko’rik-tanlovi o’tkaziladi

Siz rasm chizasizmi? Liboslar eskizini yaratasizmi? Sopol idish yasashga qiziqasizmi yoki milliy va estrada yo'nalishida qo'shiq aytib, raqs tushishga iqtidoringiz bormi? Unda Termiz davlat universitetida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan “Amaliy san'at ustasi" ko’rik-tanlovi aynan siz uchun!

Tanlov maqsadi talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyasiga ega bo'lgan kelajak liderlari sifatida tarbiyalash, talabalarning nuiqiy boyligi, ularning ma'naviy dunyosini boyitish, amaliy san'atga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi qobiIiyatlarini rivojIantirish, shuningdek, yigit-qizlarda tashabbuskorlik, tashkilotchilikni yuzaga chiqarishdan iborat.

Tanlovning 1-bosqichida faqat 1-, 2-, 3-o'rinlarni egallagan talabalar keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo'llanmani qo’lga kiritadi.

25-may kuni tanlovning fakultet bosqichi, 30-may kuni esa universitet bosqichi bo’lib o’tadi.

Tanlovning 2-oliy ta'lim bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan "Eng yaxshi amaliy san'at ustasi diplom, faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 42

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 37

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil