Talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan oliygohimizda "Talabalik bahori" yoshlar festivali bo'lib o'tadi.  

Festival  doirasida o'tkaziladigan musobaqa va tanlovlar 10-maydan 18-may kuniga qadar davom etadi.

Unda quyidagi sport turlaridan musobaqalar o'tkaziladi;                                                                                                        

"VAZIR KUBOGI" DOIRASIDA KURASH MUSOBAQASI 
FUTBOL
VOLEYBOL
KIBER SPORT O'YINLARI

Tanlovlar:

"ZUKKO KITOBXON" 
"INSHOLAR TANLOVI"
"GUMATA (MUNOZARA) TANLOVI"
"FAKULTETLAR O'RTASIDA OSH TANLOVI"
"MENING_UNIVERSITETIM" heshtegi ostida eng yaxshi mobilografik ijodiy ishlar tanlovi 
"9-MAY "XOTIRA VA QADRLASH KUNI" munosabati bilan "XOTIRA ABADIY - QADR MUQADDAS" deb nomlangan videoroliklar tanlovi

"TALABALIK BAHORI"  doirasida tashkil etiladigan musobaqa va tanlovlarda gʻolib bo'lgan ishtirokchilar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Jamoaviy bahslarda g'olib bo'lganlar:

1-oʻrin — 3 000.000 soʻm;
2-oʻrin —  2 000.000 soʻm;
3-oʻrin — 1 500.000 soʻm pul mukofotiga ega bo'ladi.

Yakka tartibdagi bahslarda g'olib bo'lganlar; 

1-oʻrin — 1 000.000 soʻm;
2-oʻrin — 800.000 soʻm;
3-oʻrin — 600.000 soʻm pul mukofotiga ega bo'ladi.

Bo'lib o'tadigan sport musobaqalari va tanlovlar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib  olishingiz mumkin. 

"Talabalik bahori"da g'olib bo'lganlar 18-may kuni TerDU 6-TTJ hovlisida o'tkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.

Aziz talabalar iqtidoringizni sinab ko'rish vaqti keldi! Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Bizni kuzatishda davom eting!  

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 37

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 42

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 37

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil