Talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Termiz davlat universitetida "Talabalik bahori" yoshlar festivali bo'lib o'tadi.  Festival  doirasida o'tkaziladigan musobaqa va tanlovlar 3-maydan 18-may kuniga qadar davom etadi.

Unda quyidagi sport turlaridan musobaqalar o'tkaziladi;                                                                                                        

"VAZIR KUBOGI" DOIRASIDA KURASH MUSOBAQASI 
FUTBOL
VOLEYBOL
KIBER SPORT O'YINLARI

Tanlovlar:

"ZUKKO KITOBXON" 
"FAKULTETLAR O'RTASIDA OSH TANLOVI"
"#MENING_UNIVERSITETIM" heshtegi ostida eng yaxshi mobilografik iijodiy ishlar tanlovi 
"9-MAY "XOTIRA VA QADRLASH KUNI" munosabati bilan " XOTIRA ABADIY QADR ESA MUQADDAS" deb nomlangan videoroliklar tanlovi. 

"TALABALIK BAHORI"  doirasida tashkil etiladigan musobaqa va tanlovlarda gʻolib bo'lgan ishtirokchilar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Jamoaviy bahslarda g'olib bo'lganlar:

1-oʻrin — 3 000.000 soʻm;
2-oʻrin —  2 000.000 soʻm;
3-oʻrin — 1 500.000 soʻm pul mukofotiga ega bo'ladi.

Yakka tartibdagi bahslarda g'olib bo'lganlar; 

1-oʻrin — 1 000.000 soʻm;
2-oʻrin — 800.000 soʻm;
3-oʻrin — 600.000 soʻm pul mukofotiga ega bo'ladi.

Bo'lib o'tadigan sport musobaqalari va tanlovlar haqida batafsil ushbu havolada bilib olishingiz mumkin. 

"Talabalik bahori"da g'olib bo'lganlar 18-may kuni TerDU 6-TTJ hovlisida o'tkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.

Aziz talabalar iqtidoringizni sinab ko'rish vaqti keldi! Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Bizni kuzatishda davom eting!  

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda uchrashuv tashkil etildi

  • 2024-11-26
  • 17

TerDUda viloyat bojxona boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

Batafsil

Xalqaro hamkorlik

  • 2024-11-26
  • 28

Gyote instituti O‘zbekiston filiali vakillari va Termiz davlat universiteti rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Batafsil

Vazir xizmat safari

  • 2024-11-25
  • 43

Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tizimning quyi bo‘g‘ini, ayniqsa, ta’lim muassasalarini qiynayotgan muammolarini joyida

Batafsil