Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan “Oʻzbekiston milliy innovatsiya tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida, Jahon bankining moliyaviy koʻmagi asosida
2023-yil 21-aprel Oʻzbekiston Respublikasi olimlari, doktorantlari va ilmiy tadqiqotchilari uchun “International approaches and best practices of using data in sciyentific research” bepul oʻquv dasturiga tanlovlar boshlandi.
Loyihaning asosiy maqsadi va mohiyati:
- mahalliy olimlar tomonidan yetakchi ilmiy maʼlumotlar bazalarida nashr etilayotgan maqolalar sifati va sonini oshirish (Web of Sciyence, Scopus, Springer, Wiley va boshqalar);
- turli vositalar, ilovalar va uslubiyotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar tahlili uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasida olimlarning salohiyatini mustahkamlash;
- maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy maqolalarni tayyorlash va ilmiy tadqiqot doirasida maʼlumotlar vizualizatsiyasi koʻnikmalarini mustahkamlash;
- olimlarga maʼlumotlarni empirik tahlil qilishning zamonaviy uslublarini oʻrgatish;
- olimlarga ularning ilmiy natijalarini yuqori impakt-faktorli xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishga amaliy yordam koʻrsatish;
Nomzodlarni saralash boʻyicha talablar:
1. Dasturda qatnashish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi;
2. Ingliz tilini kamida B1 darajada bilish;
3. Ilmiy natijalar va ilmiy ishlanmalar mavjudligi.
Dasturda qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar quyidagi havola orqali joriy yil 5-mayga qadar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari lozim:
https://forms.gle/oUe2d175doXBp9r59
Dastur mentorlari qatorida
400 dan ziyod ilmiy maqolalar chop etgan va barqaror taraqqiyot yoʻnalishi boʻyicha dunyodag yetakchi olimlar uchligiga kirgan
Dr. Asongu Simplice ham ishtirok etadi;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998 50 0051177; hello@ergorc.com
Taklif va eʼtirozlar uchun
+998 97 170 67 84;
email: munis@wbgrants.uz