"English-quiz" hamda "English master-class” loyihasining navbatdagi mavsumi tashkil etilmoqda.

Termiz davlat universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va "Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi" tashabbusi bilan ingliz tilida zakovat ya'ni "English-quiz" hamda "English master-class” loyihasining navbatdagi mavsumi tashkil etilmoqda.

Maqsadimiz – kuchli mutaxassislar bilan muloqot va tajriba almashish maydonini yaratishdir. "English-quiz" loyihasi bilan esa siz olgan malaka va ko‘nikmalaringizni ingliz tilida olib boriladigan noodatiy zakovatda sinab ko'rishingiz mumkin. 

Ushbu loyihada ingliz tilida yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan barcha yoshdagi yigit-qizlar ishtirok etishlari mumkin!

"English-quiz" loyihasining g‘oliblari diplom hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

1-o'ringa 1 000 000 so'm
2-o'ringa 800 000 so'm
3-o'ringa 600 000 so'm 

Eslatib o'tamiz loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 13-mart soat 17.00ga qadar 4 yoki 5 kishidan iborat jamoa yig‘gan holda, jamoa sardorlari @helpsyou_everymoment orqali o‘z jamoasini ro'yxatdan o‘tkazishlari kerak!

Muddati: 2023-yil 14-mart 

Vaqti: 14:00

Manzili: Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi 4-qavat

Jamoangiz bilan ishtirok eting va g'olib bo'lin! 

 Bizni kuzatishda davom eting!  

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 39

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 45

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 39

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil