SURXONDARYODA ILM VA FAN ilmiy-innovatsion jurnalining navbatdagi soniga ilmiy maqolalar qabul qilinmoqda

“SURXONDARYODA ILM VA FAN” ILMIY-INNOVASION JURNALIGA MAQOLALAR 2023 yil 25 yanvar SANASIGA QADAR 

998 93 – 078-68-60 TELEGRAMM MANZILIDA QABUL QILINADI.  

Jurnalga qabul qilinadigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

- Ilgari chop qilinmagan va jurnal mavzusiga mos keladigan, asosiy qismi kirish, tahlil va natija hamda xulosa (taklif, tavsiya)dan iborat bo‘lishi kerak.  

- Maqolaning hajmi (annotasiya, kalit so‘z va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bundan mustasno) 1 intervalda 8-12 betdan oshmasligi kerak.

- Matn – Times New Roman, shrift – 14, qatorlar oralig‘i – 1, xat boshi (abzas) – 1,25.

- Maqolalar o‘zbek (lotin alifbosida), rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.

                 

Maqolaning tuzilishi:

- sarlavha (qisqa, mazmunga muvofiq va 12 so‘zdan oshmasligi kerak);

- Muallifning ismi, otasining ismi, familiyasi, ikki yoki undan ortiq mualliflar bo‘lsa, vergul bilan ajratiladi;

- Muallif(lar)ning ish joyi (kafedra, institut, shahar va mamlakat);

- Yozishmalarga javobgar muallifning ismi, otasining ismi, familiyasi hamda to‘liq pochta manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili keltirilgan bo‘lishi kerak.

- sarlavha 3 tilda (ingliz, rus va o‘zbek) beriladi.

- annotasiya va kalit so‘zlar 3 tilda (ingliz, rus va o‘zbek) berilishi lozim. 

- kalit so‘zlar 6-8 ta so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 39

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 45

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 39

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil