DIQQAT EʼLON!

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan Surxondaryo viloyatidagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari DIQQATIGA!!!

Prezidentning 279-sonli qarori  7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha O’zbekiston Rspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra Termiz davlat universitetida guruh faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Yuqoridagi qarorga asosan talabalar quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhga ariza topshirishlari mumkin:

  1. Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
  2. Davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
  2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
  3. Pasport nusxasi;
  4. Yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Eslatib o‘tamiz, hujjatlar TerDU ishchi guruhi tomonidan 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

Manzil: Termiz davlat universiteti rektorati Karyera markazi binosi

Qabul qiluvchi mas’ul xodim: Abdukayumova Nargiza Rahimovna (ish vaqti 8:00 dan 17:00 gacha, tushlik vaqti 12:00 dan 13:00 gacha) 

Murojaat uchun tel: 
+998 (76)221-77-38

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 39

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 45

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 39

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil