Talabalar uchun Termiz davlat universiteti tomonidan yana bir qulaylik yaratildi

Termiz davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi dasturchilari tomonidan HEMIS axborot tizimi bilan integratsiyalangan dars jadvali, talabalar ro'yxati, imtihonlar ro'yxati plartormasi va maxsus telegram bot ishlab chiqildi.

info.tersu.uz maxsus platforma bo'lib, bunda Siz dars jadvali va imtihonlar ro'yxatlarini ochiq ma'lumot sifatida foydalanishingiz mumkin. Fakultetlar kesimida barcha ma’lumotlar shakllantirilgan.

Shuningdek, talaba-yoshlar uchun qulaylik yaratish maqsadida @TerSU_HEMIS_bot nomli maxsus telegram bot ham ishlab chiqildi.

Bu telegram botda Siz faqat o'zingiz o'qiydigan fakultetingizni tanlagan holda va student.tersu.uz tizimidagi ID raqamingiz bilan ro'yxatdan o'tib, dars jadvalini doimiy ko'rishingiz mumkin. Shu bilan birga talaba o'z xoxishiga ko'ra kunlik bildirishnomani tanlagan holda har kuni belgilangan vaqtda talabaga dars jadvali va shu kungi ob-havo ma'lumotlarini telegram bot eslatib turishi ta’minlangan. 

Barcha qulayliklar Siz aziz talabalarimiz uchun yaratilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 39

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 45

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 39

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil