Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-5426736) muvofiq 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun talabgorlar chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari lozim.

Hozirda Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari har oyda 2 marotaba tashkil etilmoqda.

Ayni vaqtda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihonlar uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangan bo‘lib, dekabr oyi uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda.

OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda dekabr oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 29-noyabrga qadar, ikkinchi yarmi uchun 5-dekabrga qadar davom etadi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 39

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 45

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 39

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil