DIQQAT TANLOV

Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan  "Talabalar haftaligi" doirasida  "REKTOR KUBOGI"  musobaqalari e’lon qilinadi.

Tanlov doirasida quyidagi sport turlaridan musobaqalar; 

FUTBOL

  • STOL TENNISI

  • SHAXMAT-SHASHKA

  • KUCH SINASHISH

  • ARQON TORTISH 

HAMDA QUYIDAGI TANLOVLAR: 

  • "ZAKOVAT" 

  • "ZUKKO KITOBXON"

  • "ENG YAXSHI QO'SHIQ IJROCHISI"

  • "ENG YAXSHI INSHO"

  • "ENG YAXSHI RASM"

  • "TALANTLAR SHOUSI" 

"BAYROQ MILLAT G'URURI " mavzusida 

  • "Eng yaxshi videorolik"

  • "Eng yaxshi she'r"  tanlovlari.

TTJlar o'rtasida "Eng ozoda xona" va "Eng yaxshi pazanda" nominatsiyasi bo'yicha tanlov bo'lib o'tadi.

Imkoniyati cheklangan talabalar uchun shaxmat shashka musobaqasi: 

"BAYROQ MILLAT G'URURI" heshtegi ostidagi ijodiy ishlari @TerDU_Yoshlari telegram kanali orqali namoyish etiladi go'liblar ovoz yig'ish va ishchi guruhning xulosasiga ko'ra aniqlanadi.

Tashkil etilgan tanlovlarda  gʻolib bo'lgan ishtirokchilar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Jamoaviy bahslarda:

  • 1-oʻrin uchun 3 000.000 soʻm;

  • 2-oʻrin uchun 2 000.000 soʻm;

  • 3-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm.

Yakka tartibdagi bahslarda; 

  • 1-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm;

  • 2-oʻrin uchun 800.000 soʻm;

  • 3-oʻrin uchun 600.000 soʻm.

Bo'lib o'tadigan sport musobaqalari va tanlovlarni ushbu havola (https://telegra.ph/Rektor-kubogi-doirasida-tashkillashtirilayotgan-sport-musobaqalari-va-tanlovlar-jadvali-11-08) orqali bilib olishingiz mumkin. 

Ijodiy ishlar  16.11.2022yil sanasiga qadar @TerduYI_bot telegram manzilida qabul qilinadi. 

Tanlov yakuni 16-noyabr soat 16:00 TerDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti hovlisida konsert dasturi bo'lib o'tadi.

Aziz talabalar! Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 39

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 45

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 39

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil