Bugundan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.