Oliygohda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o'tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, http://imtihon.tersu.uz/ sayti orqali istalgan joyda jonli kuzatib borishingiz mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlariga kuzatuvchi sifatida jamoatchilik vakillari, deputatlar, OAV xodimlari, bloggerlar taklif etilgan.
Qoʻshimcha ma’lumotlar universiteti veb-sayti hamda TerDU rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.