Ijodiy imtihonlar adolatli va shaffof oʻtkazilishi uchun barchasi shay

Termiz davlat universitetida 2022/2023-oʻquv yili uchun Dizayn (milliy kostyum), Sport faoliyati (kurash) taʼlim yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar 3-avgustdan boshlanadi. 

Oliygohda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o'tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, http://imtihon.tersu.uz/ sayti orqali istalgan joyda jonli kuzatib borishingiz mumkin.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari shay holatga keltirilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlariga kuzatuvchi sifatida jamoatchilik vakillari, deputatlar, OAV xodimlari, bloggerlar taklif etilgan.

Muhim eslatma! Abituriyentlar ijodiy imtihon kunlari oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID), roʻyxatdan oʻtganligi boʻyicha qayd varaqasi bilan kiritiladi hamda tegishli sport formasi va kerakli jihozlarini olib kelishi soʻraladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin:

+998 76 228 01 20
+998 76 221 74 04

Qoʻshimcha ma’lumotlar universiteti veb sayti hamda TerDU rasmiy telegram kanali  orqali berib boriladi.

Aziz abituriyentlar! Barchangizga omad yor bo‘lsin. Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lish nasib etsin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 40

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 47

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 41

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil