Hurmatli Termiz davlat universetetiga hujjat topshirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Hurmatli Termiz davlat universetetiga hujjat topshirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, ta’lim muassasasidagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 3-5-avgust kunlari quyidagi yo‘nalishlarda ertalabki soat 8:00 dan kechki 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Dizayn (milliy kostyum) taʼlim yo‘nalishiga hujjat~ topshirgan abituriyentlardan imtihonlarga D-1, D-2, D-3 guruhlarida ishtirok etuvchilar joriy yilning 3-avgust kuni, D-4, D-5, D-6 guruhlaridagilar 4-avgust kuni, D-7, D-8 guruhlaridagilar esa 5-avgust kuni Termiz davlat universitetining 2-o‘quv binosiga kelishlari so’raladi. 

Sport faoliyati (kurash) taʼlim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlardan imtihonlarga S-1, S-2, S-3 guruhlarida ishtirok etuvchilar joriy yilning 3-avgust kuni, S-4, S-5, S-6 guruhlarda 4-avgust kuni, S-7 guruhidagilar esa 5-avgust kuni Termiz davlat universitetining Sport majmuasiga kelishlari so’raladi. 

Termiz davlat universitetining taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlarga joriy yilning 5-6 avgust kunlari suhbat jarayonlariga universitetning 2-o‘quv binosiga kelishlarini ma’lum qilamiz.

Barcha abituriyentlardan imtixonlarga o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasporti), ko‘zi ojizlar esa qo‘shimcha ravishda ko‘zi ojizligini tasdiqlovchi hujjatlari bilan kelishlarini so‘raymiz.

Shuningdek, Dizayn (milliy kostyum) taʼlim yo‘nalishigi abituriyentlardan ijodiy imtihon uchun o‘quv qurollari bilan, Sport faoliyati (kurash) taʼlim yo‘nalishi abituriyentlaridan esa kurash kiyimlari bilan kelishlari talab qilinadi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga bog‘lanishungiz mumkin:

+998 76 228 01 20

+998 76 221 74 04

Aziz abituriyentlar! Sinovlarga belgilangan kunlarda o‘z vaqtida kelishlaringizni so‘rab qolamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 40

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 47

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 41

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil