2022/2023-oʻquv yili uchun universitet bakalavriat talabalari uchun "UNIVERSITET STIPENDIYASI" uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Tanlovda aʼlo va yaxshi baholar bilan, oxirgi bir yilda faqat aʼlo baholarga oʻqigan, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan, fakultet ijtimoiy ishlarida faol qatnashayotgan talabalar ishtirok etadilar.

Stipendiyani tayinlash uchun nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
-  fanlarni yuqori yuqori koʻrsatgichlarga erishgan boʻlishi;
- ilmiy (ijodiy) ishlarining chop etilganligi;
- zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha koʻnikma va malakaga ega boʻlishi;
- mutaxassisligi boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi;
- davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilishi (taʼlim yoʻnalishi xorijiy til boʻlganda qoʻshimcha ravishda boshqa xorijiy til)

Universitet stipendiyasi uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariga taqdim etadilar:

1. Maʼlumotnoma (obyektivka);
2. Kafedra va fakultet tavsiyanomasi. Tavsiyanomada talabaning oʻzlashtirishi, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining bajarilishi va boshqa faoliyatlari haqida maʼlumot beriladi. Tavsiyanoma dekan va kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlanadi;
3. Talabaning reyting daftarchasi nusxasi (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan);
4. Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
5. Tanlovlar sovrindorligi haqida sertifikatlar; 
6. Talaba ilmiy rahbari tomonidan berilgan taqriz. Taqrizda ilmiy rahbar iqtidorli talabaning ilmiy faoliyatini toʻliq tahlil qilib bayon etiladi. 
Barcha hujjatlar jildga tikilgan holda taqdim etiladi.

Hujjatlar 2022-yil 10 iyulgacha Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limida qabul qilinadi.

Manzil: Termiz davlat universitet “Karyera markazi” 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 20

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 22

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 29

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil