Yoshlar ishlari agentligi va “Sky Chess” shaxmat maktabi hamkorligida ilk marotaba respublika miqyosida Sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik Respublika shaxmat turnirini e’lon qilamiz!

Bu turnirdan maqsad — kuchli shaxmat oʻynaydigan iqtidorlarni, ayniqsa, olis hududlardagi shaxmatchilarni kashf etish va ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat!

Ishtirok etish uchun @uzshaxmatbot Telegram botidan ro‘yxatdan o‘ting!

Turnir 4 ta yo'nalishda o'tkaziladi:

Havaskor ayollar — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan kam bo‘lganlar.
Havaskor erkak — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan kam bo‘lganlar.
Professional ayol — sport ustaligiga nomzod, lekin FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan yuqorilar.
Professional erkak — sport ustaligiga nomzod, lekin FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan yuqorilar.

G'oliblar yuqoridagi 4 ta yo'nalishning har biri bo'yicha quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o'ringa 50 million so'm;
2-o'ringa 30 million so'm;
3-o'ringa 20 million so'm;

Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchiga 10 million so'mdan pul mukofotlari topshiriladi.

Mazkur shaxmat turnirida yoshidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. 

Ariza topshirish jarayonlari 18-aprelgacha davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 40

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 47

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 41

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil