"Karyera kuni" mehnat yarmarkasi

Prezidentimiz raisligida joriy yil 4-mart kuni oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlashning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida zarur bo‘lgan talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar bergan edi.


Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, vohadagi beshta oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan, mehnatga muhtoj talaba va yoshlar bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.


Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Mamanov, Termiz davlat universiteti rektori A.Marahimov va boshqalar aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit hamda yoshlarni izlash, o‘qish va mehnat qilish, oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi. va “Karyera kuni”ning mohiyati haqida fikr yuritdi.


Ayni paytda Termiz davlat universitetida 26 ming 395 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. Ulardan 1 ming 801 nafari ishlash istagini bildirgan. Universitetga ishga muhtoj 402 nafar yigit-qizni ishga qabul qilish rejalashtirilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa davlat muassasalari mablag‘lari hisobidan 654 kishi ish bilan ta’minlanadi. 745 nafar talaba Investitsiyalar va savdo vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya loyihalari hisobidan ish bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha voha tumanlari va Termiz shahridan 103 nafar tajribali o‘qituvchi tanlab olindi. Ularga 184 nafar yuqori sinf o‘quvchilari biriktirilib, ish bilan ta’minlandi. Universitetga 47 nafar talaba o‘qituvchi yordamchisi sifatida ishga qabul qilindi. Shuningdek, universitetda olib borilayotgan ta’mirlash ishlariga 27 nafar talaba jalb etilib, ularga 63 million so‘m to‘lab berildi.
“Surxon-sanoat qurilish” korxonasi bilan hamkorlikda “O‘quv markazi” tashkil etilib, 50 nafar talaba ish bilan ta’minlandi. Raqamli ta’lim texnologiyalari markaziga 15 nafar, “ZIF TEXTILE” korxonasiga 68 nafar, viloyatdagi mavjud ta’lim muassasalariga 200 nafar talaba ishga qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 26

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil

Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!

  • 2026-08-13
  • 24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining o‘tkazilish jarayoni va bugungi holati muhokama qilindi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-13
  • 26

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ishi" kafedrasi o'qituvchisi Narquchqarova Rohila Ziyadullayevna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy unistituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi.

Batafsil