Tanlov 2022

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda talabalar (bakalavriat, magistratura) va yosh tadqiqotchilarning ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:

texnika va texnologiya;
axborot texnologiyalari;
tibbiyot;
qishloq va suv xo‘jaligi;
arxitektura va qurilish.

Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari:

-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 40

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 47

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 42

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil