“Moliyaviy xavfsizlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadasining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 20-apreldagi 149-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida “Moliyaviy xavfsizlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadasining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur olimpiada talabalarning iqtisodiy, huquqiy va axborot xavfsizligi sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tahliliy va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

Olimpiada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:

·      iqtisodiy xavfsizlik;

·      yurisprudensiya;

·      axborot xavfsizligi.

Universitet bosqichi yakunlariga ko‘ra quyidagi talabalar respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi:

Iqtisodiy xavfsizlik yo‘nalishi:

·      Jo‘g‘asheva Nozima Mansurovna — I o‘rin;

·      Muhammadiyev Og‘abek Zarif o‘g‘li — II o‘rin;

·      Bozorova Xilola Uralovna — III o‘rin.

Yurisprudensiya yo‘nalishi:

·      Eraliyev Azizbek Bahodir o‘g‘li — I o‘rin;

·      Xushboqov Umidbek Zokir o‘g‘li — II o‘rin;

·      Raxmonova Rayxona Nabijon qizi — III o‘rin.

Axborot xavfsizligi yo‘nalishi:

·      Egamberdiyev Arslonbek — I o‘rin;

·      Berdimurodov Umidjon — II o‘rin;

·      Qosimov Quvonchbek — III o‘rin.

Universitet jamoasi olimpiada g‘oliblarini samimiy tabriklaydi hamda respublika bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 11

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 14

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 24

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil