So'rovnomada ishtirok eting!

Jahon bankining 2026-yil 15-apreldagi #01960/26-son xatiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida “Ta’limda sun’iy intellektga tayyorgarlikni baholash” (AI Readiness in Education Assessment) xalqaro tadqiqoti amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadqiqot ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, mavjud muammolar va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash hamda tegishli strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Shu munosabat bilan, Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari hamda professor-o‘qituvchilari o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda talabalarini mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz.

📌 So‘rovnoma havolalari:

🔹 Professor-o‘qituvchilar uchun: https://forms.cloud.microsoft/r/XKdd8Tv8kz?origin=QRCode&qrcodeorigin=presentation

🔹 Talabalar uchun: https://forms.cloud.microsoft/r/Anuz6sQ4vT?origin=QRCode&qrcodeorigin=presentation

Mazkur tadqiqotda faol ishtirokingiz ta’lim tizimida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar shakllanishiga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil