DIQQAT, EʼLON!

📣 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 72-son buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarining universitet bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

🎯 Mazkur olimpiada iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash hamda Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralash maqsadida tashkil etiladi.

Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🧪 Kimyo
🌱 Biologiya
⚛️ Fizika
💻 Informatika va axborot texnologiyalari

Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika fan olimpiadasining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

🔸Olimpiadada universitetimizning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🔸Olimpiada yozma va amaliy topshiriqlar asosida o‘tkaziladi hamda eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar saralab olinadi.

📂NIZOM

📝 Olimpiadada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar tegishli fakultet dekanatlari yoki mas’ul kafedralariga joriy yilning 1-apreliga qadar murojaat qilishlari so‘raladi.

Barcha iqtidorli talabalarni olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz.

☎️ Murojaat uchun: +998996250095

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil