E’LON | “MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” MAQOLALAR TANLOVI

🎓O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. 

Bu tanlov — yoshlarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini o‘rganish va targ‘ib qilish hamda talabalarning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan. 

✍️ Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar Mirzo Ulug‘bekning hayoti, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va tarixiy merosi haqida ilmiy maqola tayyorlaydilar. 

👩‍💻 Tanlov nizomi bilan tanishish.

🏆Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

🥇Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi

🥈Respublika saralash bosqichi

🥉Respublika final bosqichi 

💰Final bosqichi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin — 5 000 000 so‘m

🥈2-o‘rin — 4 000 000 so‘m

🥉3-o‘rin — 3 000 000 so‘m 

🗓 Tanlovning birinchi bosqichi mart oyida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. 

Maqolalarni joriy yilning 8-mart sanasigacha elektron word faylda ushbu telegram profiliga yuborishingiz kerak.

☎️Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998 93 002 07 31

📢Barcha talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil