Hurmatli ustozlar va qadrli talabalar!

Bugun Umummilliy so‘rovnomada ishtirok etishning so‘nggi kuni.

✔️Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan talaba hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Umummilliy so‘rovnomada qatnashganlar soni 1 milliondan oshdi.
✔️Xususan, 870 mingdan ziyod ishtirokchi so‘rovnomani onlayn tarzda to‘ldirdi. Shuningdek, Agentlik vakillari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan uchrashuvlarda qariyb 160 ming nafar talaba va professor-o‘qituvchi faol qatnashdi.
⚡️Bu ko‘rsatkich xalqimizga xos bo‘lgan yuksak birdamlik va hamjihatlikning yaqqol ifodasidir.

❗️So‘rovnomada qatnashish bugun soat 23:59 ga qadar davom etadi. Siz ham befarq bo‘lmang va o‘z fikringizni bildiring: survey.hemis.uz

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil