Diqqat e'lon

Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning.

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.

Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.

Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.

Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 237

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 124

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 124

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil