Imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) abituriyentlar diqqatiga!

➡️2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qish istagini bildirgan Surxondaryo viloyatida doimiy yashovchi (quyidagi ro‘yxatda nomlari keltirilgan) imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) abituriyentlar tegishli OTM, ta’lim tili, ta’lim shakli va ta’lim yo‘nalishini belgilash maqsadida ariza berishlari uchun 2026-yil 2-iyul kuni soat 09:00 dan Termiz davlat universiteti Qabul komissiyasi (axborot texnologiyalari fakulteti)ga kelib uchrashishlarini ma’lum qilamiz.

Imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) abituriyentlar ro‘yxati

Abituriyentlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni (asl nusxalarini) olib kelishlari zarur:
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki biometrik pasport);
- imkoniyati cheklangan (nogiron)lik holatini tasdiqlovchi amaldagi guvohnoma yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat;
- umumiy oʻrta (oʻn bir yillik taʼlim), oʻrta maxsus (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik oʻrta maxsus taʼlim), boshlangʻich kasbiy taʼlim (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik boshlangʻich kasbiy taʼlim), shuningdek, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirguniga (2020-yil 24-sentabr) qadar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi (toʻqqiz yillik umumiy oʻrta va uch yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi) tashkilotini tugatganligi haqidagi hujjat (attestat, diplom, v.b.);
- abituriyent ruxsatnomasi.

⚠️Eslatma: Abituriyentlar tomonidan ushbu Nizomning 56-bandiga muvofiq koʻzi ojizlar toifasiga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asli (nogironlik toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomaning asli koʻrsatiladi) qabul komissiyasiga taqdim etilmasligi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan ushbu abituriyentni oʻqishga qabul qilish boʻyicha buyruqning rasmiylashtirilmasligiga asos boʻladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
📞Call markaz:  76 228 03 40
📞Mas’ul shaxs: 93 895 85 90

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 26

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil

Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!

  • 2026-08-13
  • 25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining o‘tkazilish jarayoni va bugungi holati muhokama qilindi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-13
  • 27

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ishi" kafedrasi o'qituvchisi Narquchqarova Rohila Ziyadullayevna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy unistituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi.

Batafsil