MUNOSIBLAR ANIQLANDI

Termiz davlat universitetida iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z iste’dodlarini namoyish etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, turli tanlovlar tashkil etilib, ular moddiy jihatdan rag‘batlantirilmoqda.

Termiz davlat universiteti kengashining kengaytirilgan 2021 yil 27 fevraldagi 8-sonli yig‘ilish qarori bilan talabalar o‘rtasida “San’atshunoslik, Arxitektura va qurilish fakultetlari o‘quv binosini ta’mirlash, o‘quv-ilmiy maskanga aylantirish va hududini obodonlashtirish (landshaft)”  mavzusida tanlov o‘tkazish belgilangan edi. 

Ishtirokchilar tanlov komissiyasiga o‘z ijod ishlarini taqdim qilishdi. 26 mart kuni Hay’at a’zolari har bir ishni adolatli, shaffof tarzda ko‘rib chiqib, 3 ta o‘rinni aniqlashdi.

Gʻoliblar universitet rektorining tegishli buyrug‘i bilan belgilangan tartibda universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kompyuter, noutbuk va mobil telefonlar bilan rag‘batlantirildilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 15

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 17

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 26

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil