Talabalar bilan tanishtiruv uchrashuvlari: imkoniyatlar va mas’uliyat!

Termiz davlat universitetida birinchi bosqich talabalari uchun universitet hayoti bilan yaqindan tanishishga qaratilgan tanishtiruv darslari tashkil etildi. Universitet rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida katta majlislar zalida o‘tkazilgan uchrashuvlarda talabalarga Yoshlar ittifoqining faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitet kampusida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va korrupsiya kabi illatlarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etish hamda daxldorlik hissi bilan yashashning ahamiyati tushuntirildi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU rektoriga zamonaviy o‘quv-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi!

  • 2026-09-16
  • 28

Termiz davlat universiteti rektoriga Tarix fakultetida zamonaviy o‘quv-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish va ularni zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.

Batafsil

Talabalar bilan tanishtiruv uchrashuvlari: imkoniyatlar va mas’uliyat!

  • 2026-09-16
  • 26

Termiz davlat universitetida birinchi bosqich talabalari uchun universitet hayoti bilan yaqindan tanishishga qaratilgan tanishtiruv darslari tashkil etildi. Universitet rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda profilaktika inspektori

Batafsil

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 69

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil