TerDUda “Tanishuv haftaligi”: ilk qadamlar — yangi imkoniyatlar sari!

1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida “Tanishuv haftaligi” qiziqarli va mazmunli tarzda davom etmoqda.

Talabalarni universitet hayotiga moslashtirish maqsadida kampusda ular uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va universitet infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirilmoqda.

Shuningdek, ta’lim olish, kitobxonlik, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilyapti.

“Vatan bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida talabalar Termiz shahridagi tarixiy-madaniy maskanlar hamda “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixi, ajdodlarimiz merosi va milliy qadriyatlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shu bilan birga, talabalar ishtirokida profilaktik suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga talaba sifatidagi huquq va majburiyatlari, xavfsizlik qoidalari yuzasidan tushunchalar berilmoqda.

Talabalar turar joylarida tashkil etilayotgan ko‘ngilochar musiqiy dasturlar esa yangi muhitga moslashish, tengdoshlar bilan yaqinlashish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

Birinchi kurs talabalari uchun bu hafta — shunchaki tanishuv emas. Bu yangi muhit, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar sari tashlangan ilk qadamdir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi!

  • 2026-09-12
  • 30

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi

Batafsil

TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha sinovlar boshlandi

  • 2026-09-12
  • 34

Bugun Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda

Batafsil

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

  • 2026-09-12
  • 22

Termiz davlat universiteti “Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qildi.

Batafsil