Insonga ko‘rsatilgan ozgina e’tibor ham uning qalbida katta quvonch va ezgu umid uyg‘otadi. Bir ezgu amal esa jamiyatni mehr-oqibat va hamjihatlik sari birlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak barpo etamiz!» g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan saxovat chellenjiga Termiz davlat universiteti jamoasi ham munosib hissa qo‘shmoqda. Tashabbus doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga yangi o‘quv yili oldidan maktab formalari to‘liq jamlanma holida taqdim etildi.
Bolajonlarning quvonchga to‘la tabassumi — ezgulikka ulangan har bir sa’y-harakatning eng katta mukofotidir!
Yaxshilik ulashaylik, mehr bilan birlashaylik, yagona Vatan — yagona xalq bo‘lib yangi kelajakni birgalikda barpo etaylik!