TerDUda 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Vazirlikning mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh universitetda talabalarni munosib kutib olish, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish hamda talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida o‘quv binolari va auditoriyalarning yangi o‘quv yiliga tayyorligi, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar turar joylarining holati, talabalarning yashashi uchun mavjud imkoniyatlar, shuningdek, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan tashkiliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ayniqsa, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni munosib kutib olish, ularning universitet muhitiga tez va samarali moslashuvini ta’minlash, zarur ma’lumot va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, turar joyga ehtiyoji mavjud talabalarni talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, vazirlikning mazkur buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlarida 20-avgustdan 30-sentyabrgacha “Dolzarb qirq kunlik” e’lon qilingan. Ushbu davrda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Termiz davlat universitetida ham yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik asosida boshlash, talabalarning ta’lim olishi va yashashi uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar izchil davom ettirilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: PREZIDENT TABRIGI VA SOVG‘ASI O‘QUVCHILARGA YETKAZILDI

  • 2026-09-02
  • 79

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” — “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Batafsil

“MODA YO‘LI”: TERDU TALABALARI RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLDI!

  • 2026-08-29
  • 9

Samarqand viloyati Yoshlar markazida “Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan saralangan yosh dizaynerlar

Batafsil

MEHR VA SAXOVAT — YAGONA VATAN, YAGONA XALQ G‘OYASINING YORQIN IFODASI!

  • 2026-08-28
  • 10

Insonga ko‘rsatilgan ozgina e’tibor ham uning qalbida katta quvonch va ezgu umid uyg‘otadi. Bir ezgu amal esa jamiyatni mehr-oqibat va hamjihatlik sari birlashtiradi.

Batafsil