TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sohalar bo‘yicha prorektorlar o‘z yo‘nalishlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi. Universitet rahbariyati tomonidan yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va barcha jarayonlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qabul komissiyasi faoliyati yaxshi tashkil etilgani, qabul jarayonlarida salbiy holatlar qayd etilmagani alohida e’tirof etildi. Rektor A. Tashqulov texnikum bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov imtihonlarini shaffof va adolatli tashkil etish, shuningdek, turli lavozimlarda faoliyat yuritish istagidagi nomzod professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ochiq va shaffof tanlov o‘tkazish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Viloyat va universitet miqyosida bayram tadbirlarini yuqori saviyada, «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida tashkil etish, turli chora-tadbirlar va chellenjlar orqali ushbu qutlug‘ sananing xalqimiz hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish va barcha tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash maqsadida universitet rahbarlari uchun favqulodda ish rejimi joriy etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil