TerDUda raqamlashtirish ishlarining xronologiyasi (2025-yil – 2026-yilning ayni kuniga qadar)

💻 Universitetida ta'lim, ilm-fan va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Quyida  joriy etilgan muhim raqamli platformalar va tizimlar oid qisqa ma'lumot keltiriladi:

🔹kpi.tersu.uz – Samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) boshqarish platformasi takomillashtirildi. Tizimda ilmiy jurnallar bilan ishlash jarayonlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash imkoniyati joriy etildi.

🔹 journals.tersu.uz – "TerDU xabarlari" hamda "Iqtisodiy tahlil va tadqiqotlar" ilmiy jurnallarini elektron boshqarish va ilmiy maqolalarni keng jamoatchilikka taqdim etish imkoniyatlari yaratildi.

🔹 arm.tersu.uz – Universitetning raqamli kutubxonasi yanada takomillashtirildi. Foydalanuvchilar uchun yangi qulaylik va qo‘shimcha funksiyalar ishga tushirildi.

🔹 cv.tersu.uz – Professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning ma'lumotnomalari (obyektivka)ni to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda shakllantiruvchi zamonaviy platforma ishga tushirildi.

🔹 registrator.tersu.uz – Kafedra yuklamalari, o‘quv yuklamalarini taqsimlash, shaxsiy ish rejalari hamda monitoring jarayonlarini avtomatlashtiruvchi yagona axborot tizimi yaratildi.

🔹joint.tersu.uz – Qo‘shma ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish jarayonini onlayn tashkil etuvchi elektron platforma joriy qilindi.

E'tiborli tomoni Termiz davlat universitetida amalga oshirilayotgan ushbu raqamli transformatsiya loyihalari boshqaruv samaradorligini oshirish, ta'lim va ilmiy faoliyatni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida rivojlantirish hamda foydalanuvchilar uchun qulay va shaffof raqamli ekotizimni yaratishga xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil