TerDUda yangi ochilayotgan ta’lim yo’nalishlari akkreditatsiyadan o’tmoqda

Termiz davlat universitetida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi vakillari hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida yangi ta’lim dasturlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan muhokamalarda universitetda ochilishi rejalashtirilayotgan
🟢“Logistika”,
🟢“Davlat boshqaruvi huquqi” (magistratura),
🟢“Xalqaro munosabatlar”,
🟢“Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili”
hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili” ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish va joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan ta’lim dasturlarining mazmuni, mehnat bozori talablari, xalqaro tajriba hamda zamonaviy kompetensiyalar asosida shakllantirilayotgani yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishlarning tashkil etilishi universitetda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro mehnat bozorida raqobatlasha oladigan mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, 3-4-iyun kunlari 10 dan ortiq yangi ta'lim yo'nalishlarini akkreditatsiyadan o'tkazish uchun bir qator mahalliy va xorijiy ekspertlar universitetga tashrif buyurishadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 237

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 124

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 122

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil