TERDUDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARI HIMOYASI BOSHLANDI

✔️2026-yil 2-iyun kuni Termiz davlat universitetida magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi boshlandi.

Bugun himoyalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
🟢 Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti

🟢 Kompyuter grafikasi va dizayn
🟢 Tasviriy va amaliy bezak san’ati
🟢 Tarix
🟢 Arxeologiya
🟢 Etnografiya, etnologiya va antropologiya
🟢 Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
🟢Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik

➡️Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha jami 41 nafar magistrant o‘z ilmiy ishlarini attestatsiya komissiyasi oldida himoya qildi. Ular tadqiqot natijalarini aniq va asosli tarzda taqdim etib, komissiya a’zolarining savollariga javob berdilar.

Himoyalar faol va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Magistrantlar o‘z bilim va tajribalarini namoyish etib, kelgusidagi ilmiy hamda kasbiy faoliyatlari uchun muhim bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tmoqdalar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 237

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 124

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 122

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil