Ilm maydonida Afg‘on shamoli ta’siriga qarshi kurash!

Termiz davlat universiteti olimlari, yosh tadqiqotchilari va talabalari Afg‘on shamolining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni izchil davom ettirmoqda.

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetiga qarashli Termiz tumanidagi dala tajriba hududida “Afg‘on shamoli dinamikasini o‘rganish dala tadqiqot maydonchasi” tashkil etilmoqda. Ushbu hududda ilmiy tadqiqot olib borayotgan talabalar shamolning yo‘nalishi, tezligi, chang konsentratsiyasi hamda uning tuproq va o‘simliklarga ta’sirini kuzatish va tahlil qilish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur tashabbus Afg‘on shamolining ekologiya, qishloq xo‘jaligi va aholi salomatligiga ta’sirini chuqur o‘rganish, uning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda hududda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 237

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 124

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 122

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil