TerDUdan yana bir xushxabar!

TerDU talabalaridan tuzilgan TerDU-2 jamoasi muddatidan oldin O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining 1-ligaga o‘tish turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi!

Jamoamiz viloyat chempionatining hal qiluvchi uchrashuvida Sherobod tumani jamoasini o‘z maydonida 4:1 hisobida mag‘lub etib, tarixiy natijaga erishdi.

Ma’lumki, hozirda TerDUning ikki futbol klubi — TerDU (oldingi Qiziriq) va TerDU-2 jamoalari yurtimiz maydonlarida vohamiz sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda.

TerDU jamoasi respublika 1-ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Pro-ligaga o‘tish turnirining chorak final bosqichiga ham yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Jamoalarimizga keyingi uchrashuvlarda ham omad tilaymiz!
TerDU — har doim oldinga!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 89

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 92

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 118

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil