Statistik maʼlumotlarga koʻra, shashlik dunyodagi eng yaxshi taomlar orasida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Termiz davlat universitetining talabalari "Shashlik day" festivalini o'tkazishdi. Unda 14 ta fakultet talabalari o'zining pazandalik mahoratlarini namoyish etishdi.
Bu kabi tadbirlar bo‘lajak oila boshliqlari bo‘lmish yigitlarimizni kelajakda oilaparvar, mehnatsevar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.