Rektor Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif doirasida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalar ekan, mazkur xalqaro hamkorlik talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, xususan, qishki va yozgi lager loyihasini yoʻlga qoʻyish, tadqiqotlar olib borishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun: 2024-yilning dastlabki oyidayoq Termiz davlat universiteti Eron va Xitoyning 9 ta — Sharif texnologiya, Shahid behishti, Tehron, Alloma tabotabai, Shimoli-gʻarbiy, Tyanszin sport, Pekin shahar, Tyanszin pedagogika va Tyanszin xorijiy tillar universitetlari bilan memorandum hamda shartnomalar imzolashga erishildi.
Xalqaro hamkorlik sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida masʼullarga universitetning 2024-yil uchun xorijiy safarlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha berilgan topshiriq ijrosini faqatgina 5 ta fakultet bajarganligiga eʼtiroz bildirildi.
Kun tartibidagi birinchi masaladan kelib chiqib, universitetda xalqaro hamkorlik aloqalari kengayotgani bois professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy tillni bilish darajasini oshirish boʻyicha universitetda oʻquv kurslar tashkil etish yuzasidan maxsus chora-tadbir ishlab chiqish hamda Scopus axborot bazasiga universitetni obuna qilish vazifasi yuklatildi.