Yapon tilini oʻqitish markazi tashkil etiladi

Termiz davlat universiteti rahbariyati viloyatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Yaponiyadagi Takarazuka universiteti xalqaro markazi direktori Junichi Nakamurani qabul qildi. 

Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ushbu hamkorlik ikki oliygoh o'rtasida professor-o'qituvchi va talabalar almashuvi, xalqaro ta'lim dasturlarida hamkrolik, shuningdek, tegishli sohalarda qo'shma ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Termiz davlat universitetida yapon kompaniyalari tajriba va texnologiyalarini joriy etish, yapon tilini oʻqitish markazini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi. 

Uchrashuvdan soʻng, mehmonlar talabalarning bilim olishi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan qulayliklar — zamonaviy oʻquv binolari hamda laboratoriyalar, oʻquv va badiiy adabiyotlar, elektron kutubxonalar bilan tanishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU Janubiy Koreyaning Daejin universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

  • 2026-07-22
  • 5

Termiz davlat universitetining Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘yicha prorektori O‘. Xoliyorov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida

Batafsil

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 87

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 55

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil