Ma’lumot uchun: Bugunga qadar professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha KPI platformasiga jami 10 mingga yaqin ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, ularning 6,5 mingtasi qabul qilingan. 3 mingdan ortig‘i esa rad etilgan. Ayni vaqtda ushbu faoliyat natijalari mas’ul bo‘limlar tomonidan tahlil etilmoqda.
Tahlilning yakuniy natijalariga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarga ega professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish rejalashtirilgan.