Shu kunlarda universitet talabalari uchun tarixiy obidalar, muzeylarga ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Dastlabki sayohat Xorijiy filologiya fakulteti talabalari uchun Arxeologiya muzeyiga uyushtirildi. Bu yerda talabalar noyob-nodir ashyolar va qimmatbaho topilmalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.