“O‘zbekistonda tadbirkorlikning gender xususiyatlari: barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda samarali bandlikni ta’minlash.

O‘zbekistonda gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta'minlash yuzasidan qator sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. 

Oliy ta'lim muassasalarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ayniqsa, ijtimoiy hamda turmush sharoiti og'ir talaba qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish, doimiy daromad manbalarini shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, Termiz davlat universitetida talaba qizlarning ta'limi olishi va huquq-manfaatlarini ta'minlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida "DIZAYN" studiyasi tashkil etildi. "DIZAYN" studiyasi Termiz davlat universitetida dizayn(milliy kostyum) hamda engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash texnologiyasi (milliy tikuv buyumlari) bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etildi.
Studiya faoliyati kengaytirilmoqda, ta'lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talaba qizlari uchun qulayliklar yaratilmoqda, nazariy bilimlarni ushbu studiyada faoliyat ko‘rsatish orqali amaliy ko‘nikmalarni shakllantirib, kelgusida talaba qizlarimiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib o‘z daromad manbalariga ega bo‘lishadi.
Kelgusida "DIZAYN" studiyasida talabalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning ko‘rgazmasi muntazam o‘tkazib boriladi va u orqali ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga erishiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 13

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 16

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 24

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil