Yangi yil – eng orziqib kutiladigan bayram. U qalblarga yangi orzu-umidlar va quvonch bag‘ishlaydi. Ayniqsa, jajji bolajonlar ushbu bayramni itniqib kutadi.
Bugun Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetida "Yangi yil tomoshasi" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir fakultetning iste'dodli talabalari tomonidan chiroyli she'rlar, musiqiy chiqishlar, betakror raqslar va qiziqarli ertak qahramonlari ishtrokidagi sahna ko'rinishlari yig'ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi.
Yakunida tadbirda ishtirok etgan talabalar diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.