“MEDIA HAFTALIK”

📺MEDIA SOHADA YANGI QADAMLAR: “MEDIA HAFTALIK” YUKSAK SAVIYADA O‘TDI!

➡️13–17-aprel kunlari O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va matbuot kotiblarini birlashtirgan yirik “Media haftalik” tashkil etildi.

✔️Mazkur muhim ta’limiy-amaliy loyiha Kontent markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazildi. Loyiha doirasida:
• internet va bosma nashr vakillari
• telejurnalistlar
• davlat idoralari matbuot kotiblari
• blogerlar uchun alohida yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar tashkil etildi Quvonarlisi, ushbu nufuzli tadbirda viloyatimizdagi OTM matbuot kotiblari va mutaxassislari ham faol ishtirok etib, zamonaviy media muhitidagi talab va tendensiyalar bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.

➡️Yirik media loyihada universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, maxsus sertifikat hamda imtiyozli kartalarga ega bo'lishdi.

➡️Poytaxtdan tashrif buyurgan yetakchi media-ekspertlar tomonidan:
• kontent yaratish
• faktcheking
• raqamli gigiyena
• SMM
• strategik kommunikatsiyalar yo‘nalishlarida amaliy treninglar o‘tkazildi.


✔️Haftalik yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil