“Chiqindisiz dunyo uchun!”

Respublikamiz bo‘ylab “Xalqaro chiqindisiz dunyo uchun” kuni munosabati bilan yirik eko-aksiya bo‘lib o‘tdi. “Chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda atrof-muhitni tozalash va chiqindilarni saralashga katta e’tibor qaratildi.

Surxondaryo viloyati ham eko-harakatdan chetda qolmadi! Termiz shahrida o‘tkazilgan “Plogging” eko-aksiyasida Ekologiya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Termiz davlat universitetining “Ekovolontyor” talabalari faol ishtirok etishdi.

Surxondaryo volontyorlari ham o‘z hissasini qo‘shib, hududlarni chiqindilardan tozalashda jonbozlik ko‘rsatishdi. Ushbu aksiya nafaqat tabiatni asrashga, balki jamiyatda ekologik madaniyatni oshirishga ham xizmat qiladi.

Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda!
Toza muhit – sog‘lom kelajak!

Keling, tabiatga mehr bilan yondashaylik va chiqindisiz kelajak sari harakat qilaylik!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil